Isroil hujumida suv to’ldirayotgan oila a'zolari halok bo'ldi

Dunyo

Isroil kuchlari G‘azo shahridagi suv taqsimlash punktini nishonga oldi, oqibatda al-G‘aziy oilasining to‘rt a’zosi, jumladan bir bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Al Jazeera.

Isroil hujumida suv to’ldirayotgan oila a'zolari halok bo'ldi
Birlashgan millatlar tashkilotining matbuot kotibi Stefan Dyujarrikning ta'kidlashicha, G'azo shahrining Shujayea hududida Isroilning yangi quruqlikdagi hujumi "kamida 60 000" aholining ko'chirilishiga olib keldi va G'azo janubidagi Al-Mavasi hududida Isroilning harbiy operatsiyalari 5 000 kishining ko'chirilishiga va ko'plab qurbonlarga olib keldi.

Isroil harbiylarining G‘azo shahridagi turarjoylarga bergan zarbalari oqibatida olti kishi, jumladan, to‘rt nafar bola halok bo‘ldi, kamida 15 kishi yaralandi. Falastinning Wafa axborot agentligining xabar berishicha, G'azo markazidagi Al-Mag'ozi qochqinlar lageriga uyushtirilgan hujumda ham qurbonlar bor.

7-oktyabrdan beri Isroilning G'azoga qarshi urushida kamida 37 834 kishi halok bo'ldi va 86 858 kishi yaralandi. Isroilda HAMAS boshchiligidagi hujumlar oqibatida halok bo'lganlar soni 1 139 nafarni tashkil etadi, o'nlab odamlar hanuzgacha G'azoda asirlikda qolmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing