Isroil hujumlaridan so‘ng G‘azada kamida 30 kishi halok bo‘ldi
Dunyo
Shanba kuni Isroil tomonidan amalga oshirilgan hujumlar oqibatida G‘azo sektorida kamida 30 nafar falastinlik halok bo‘ldi, deya xabar berdi mahalliy shifoxonalar.
Tibbiyot muassasalariga ko‘ra, zarbalar sektorning shimoliy va janubiy hududlariga, jumladan G‘azo shahri va Xon-Yunisga qaratilgan.
Ash-Shifa shifoxonasi ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo shahriga berilgan zarba oqibatida bir ayol, uning uch farzandi va bir qarindoshi halok bo‘lgan. Naser shifoxonasi esa janubdagi chodirlar lageriga berilgan zarba yong‘in keltirib chiqarganini va unda yetti kishi, jumladan bir erkak, uning uch farzandi va uch nabirasi vafot etganini bildirdi.
Hujumlar G‘azoning eng janubida joylashgan “Rafah” chegara o‘tkazish punkti ochilishi arafasida sodir bo‘ldi.
Isroil Mudofaa Kuchlari (IDF) bayonotida aytilishicha, zarbalar sulh kelishuvi buzilishiga javoban va HAMAS hamda “Islomiy jihod” guruhlarining qo‘mondonlari hamda infratuzilmasiga qarshi qaratilgan.
2023 yil oktyabridan buyon G‘azo sektoriga olib boruvchi barcha chegara o‘tkazish punktlari yopiq. Falastinliklar uchun Misr bilan chegaradagi “Rafah” punkti tibbiy yordamga muhtoj o‘n minglab odamlar uchun muhim yo‘lak hisoblanadi.
G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilning 10 oktyabridan boshlangan sulh davridan buyon Isroil harbiy harakatlari natijasida 500 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Powered by Froala Editor