Isroil iqtisodiyoti deyarli 20% ga tushib ketdi
Iqtisodiyot
“Financial Times” ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil yalpi ichki mahsuloti 2023-yilning to‘rtinchi choragida 19,4% ga kamaydi.
Bu keskin pasayish HAMASga qarshi urushga 300 ming rezervistning chaqirilishi bilan bog‘liq. Frontga ketgan zahiradagi askarlar o‘z ishlarini tashlab ketishga majbur bo‘ldilar, bu esa iqtisodiyotga ta’sir qilmay qolmadi. Bundan tashqari, 120 mingdan ortiq isroillikni chegara hududlaridan evakuatsiya qilish uchun mablag‘ ajratilishi ham yalpi ichki mahsulotga o‘z ta’sirini o‘tkazdi va u ekspertlar kutganidan past bo‘ldi.
2023-yilning noyabr oyi boshida “Calcalist” nashri HAMASga qarshi operatsiya mamlakatga 50 milliard dollardan ko‘proq zarar keltirishi haqida xabar bergan edi. Agar harbiy amaliyotlar 12 oydan ortiq davom etmasa va faqat G‘azo sektori bilan cheklansa, xarajatlar yalpi ichki mahsulotning taxminan 10% ni tashkil qiladi. Isroil hukumati harbiy xarajatlarni kelasi yil byudjeti uchun ustuvor yo‘nalish deb atadi.

Powered by Froala Editor