Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Dunyo
Isroil va HAMAS Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha 20 banddan iborat tinchlik rejasining birinchi bosqichini imzoladi. Kelishuvga koʻra, tomonlar asirlarni ozod qiladi va Isroil qoʻshinlarini bosqichma-bosqich olib chiqadi.
13-oktabr kuni HAMAS 48 nafar garovdagini, jumladan, 20 nafar tirik kishini ozod etadi. Shundan soʻng, Isroil 72 soat ichida oʻz qoʻshinlarini kelishilgan chegaragacha olib chiqadi va Gʻazoga gumanitar yordam kiritiladi.
Shuningdek, Isroil umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 250 kishini va 1 700 nafar falastinlik mahbusni ozod qiladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu kelishuvni “barqaror tinchlik sari muhim qadam” deb atab, jarayonda ishtirok etgan Qatar, Misr va Turkiyaga minnatdorlik bildirdi. U shuningdek, yaqin kunlarda Yaqin Sharqqa tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor