Isroil va XAMASga 5-7 yillik sulh taklif qilindi – vositachilarning yangi rejasi
Dunyo
Qatar va Misr vositachiligida Isroil va XAMAS o‘rtasida G‘azo mojarosini to‘xtatish bo‘yicha yangi reja taqdim etildi, deb xabar bermoqda BBC manbasi. Tashabbus uzoq muddatli sulh, mahbuslar almashinuvi va Isroilning G‘azodan chiqishini o‘z ichiga oladi.
BBC bilan suhbatda bo‘lgan falastinlik yuqori martabali rasmiyning aytishicha, vositachilar 5-7 yilga mo‘ljallangan tinchlik kelishuvini taklif qilishgan. Rejaga ko‘ra, barcha isroillik garovdagilar XAMAS qo‘lidan ozod qilinadi, buning evaziga esa Isroilda saqlanayotgan falastinlik mahbuslar qamoqdan chiqariladi.
Rejada, shuningdek, urushning rasmiy yakunlanishi va Isroil qo‘shinlarining G‘azo hududidan to‘liq olib chiqilishi nazarda tutilgan. XAMAS vakillari Qohiraga muzokaralar uchun jo‘nab ketgan. Tashkilot G‘azodagi boshqaruvni boshqa falastinlik tuzilma zimmasiga topshirishga tayyor ekanini bildirgan.
Ammo Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azoda XAMAS tugatilmaguncha urushni to‘xtatmasligini ta’kidlab kelmoqda. Isroil rasmiylari ushbu vositachilik rejasiga hali izoh bermadi.
Ayni paytda G‘azada bombardimonlar davom etmoqda, Isroil armiyasi esa yer usti amaliyotlarini kengaytirdi. So‘nggi zarbalarda 20 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgani va o‘nlab odam yaralangani aytilmoqda.

Powered by Froala Editor