Isroil vaziri G'azoga yadroviy hujum qilishga ruxsat berdi

Dunyo

Falastin anklavining aholisi "yo Irlandiyaga, yo cho'lga ketishi kerak", dedi siyosatchi Amichai Eliyaxu.

Isroil vaziri G'azoga yadroviy hujum qilishga ruxsat berdi
G'azo sektoriga yadroviy bomba tashlash mintaqadagi mavjud vaziyatni rivojlantirishning mumkin bo'lgan variantlaridan biridir. Bu haqda koalitsion hukumatdagi Otzma Yehudit (yahudiy kuchi) partiyasi vakili bo‘lgan Isroil madaniy meros vaziri Amikay Eliyaxu mahalliy radiostansiyalardan birining efirida ma’lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, Falastin anklavining aholisi "yo Irlandiyaga, yo cho'lga ketishi kerak".

Bildirilishicha, Eliyaxu Falastinga nisbatan o'ta dushmanligi bilan mashhur boʻlib, G'azo sektoriga gumanitar yordam olib kirishni taqiqlash tarafdori boʻlgan.

Bundan tashqari, u G‘azoni qayta bosib olish va u yerda noqonuniy yahudiy turar-joylarini qurishga chaqirgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing