Isroilda armanlar genotsidini tan olish masalasi atrofida bahslar kuchaydi
Dunyo
Armanlar genotsidini tan olish masalasi Isroil Knessetida ovozga qo‘yilmadi. Bu holat siyosiy va jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi. Haaretz nashri bunga Ozarbayjonning diplomatik faolligi sabab bo‘lganini yozmoqda, biroq Isroil rasmiylari bunday talqinni tasdiqlamagan.
Haaretz manbasiga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Ozarbayjon prezidenti yordamchisi Hikmat Hajiyev bilan muloqotdan so‘ng masalani parlament kun tartibidan chiqarishga qaror qilgan. Nashrning yozishicha, bu haqda Ozarbayjon rasmiylari ham xabardor qilingan.
Shu bilan birga, tashqi ishlar vaziri Gideon Saar idorasi ovoz berish bosh vazir aralashuvi tufayli bekor qilinganini rad etdi, ammo masalaning ko‘rib chiqilmagani bo‘yicha boshqa izoh bermadi.
Avvalroq Isroil hukumati armanlar genotsidini tan olish tashabbusini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan edi. Hujjat yakuniy tasdiqlash uchun Knessetga yuborilishi kerak edi.
Shundan so‘ng Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi ushbu qarorni tanqid qilib, bunday qadamlar mintaqada tinchlik va yarashuv jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirdi. Ozarbayjondagi yirik yahudiy jamoalari vakillari ham tashabbusni davom ettirmaslikka chaqirdi.

Powered by Froala Editor