Isroilning G'azodagi agressiyasi qurbonlari soni 15 mingdan oshdi
Dunyo
Isroil zarbalarining qurbonlari orasida 6150 dan ortiq bola va 4 ming ayol bor.
Isroilning G‘azo sektoriga 7-oktabrdan beri uyushtirgan hujumlari natijasida qurbon bo‘lganlar soni 15 ming kishidan oshdi. Bu haqda G‘azo hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Hisobotga ko'ra, hujumlar qurbonlari orasida 6150 dan ortiq bola va 4 ming ayol bor. Halok bo‘lganlar orasida 70 nafar jurnalist, 207 nafar tibbiyot xodimi va 26 nafar fuqaro muhofazasi xodimi borligi qayd etilgan.
Ma’lum boʻlishicha, yaradorlar soni 36 mingdan oshgan. Ularning 75 foizi bolalar va ayollardir. 7 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan boʻlib, vayronalar ostida qolganlar ham bor. Ularning 4700 dan ortig‘i ayollar va bolalardir.

Powered by Froala Editor