Isroilning G‘azodagi tajovuzi qurbonlari soni 28 ming kishiga yetdi

Dunyo

67 459 kishi jarohatlangan.

Isroilning G‘azodagi tajovuzi qurbonlari soni 28 ming kishiga yetdi
Isroilning G’azo sektorida 7-oktabrdan beri davom etayotgan tajovuzi natijasida halok bo’lgan falastinliklar soni 27 947 nafarga yetdi. 67 459 nafar inson esa yaralandi.

Bu haqda 9-fevral kuni Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining G‘azo sektoridagi rasmiy vakili Ashraf al-Qudra ma’lum qildi.

Al-Qudra maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida Falastin anklavining yana 107 nafar aholisi Isroil hujumlari qurboniga aylangan va 142 nafar falastinlik yaralangan.

Rasmiyning qayd etishicha, halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘llar chetida qolmoqda. Tibbiyot guruhlari va fuqarolik mudofaasi xodimlari Isroil harbiylarining to‘siqlari tufayli halok bo‘lganlar va yaradorlarga yetib bora olmayapti.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing