Isroilning G‘azoga bergan zarbasi oqibatida BMT xodimi halok bo‘ldi

Dunyo

Isroil harbiylari tomonidan G‘azo sektoriga berilgan aviatsiya zarbasi oqibatida BMT homiyligida faoliyat yuritayotgan tashkilotlardan birining kamida bir xodimi halok bo‘ldi, yana besh nafari og‘ir jarohat oldi. Bu haqida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Loyiha xizmatlari boshqarmasi (UNOPS) ma’lum qildi.

Isroilning G‘azoga bergan zarbasi oqibatida BMT xodimi halok bo‘ldi
UNOPS bayonotida aytilishicha, Isroil zarbasi oqibatida BMTga qarashli tashkilotlarda ishlayotgan olti nafar xorijlik jarohatlangan. Ulardan biri og‘ir ahvolda “Shuxada al-Aqso” shifoxonasiga olib borilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan. Qolgan besh jabrlanuvchining ham ahvoli og‘ir ekani ta’kidlanmoqda.

Hodisa G‘azo sektori markaziy qismida joylashgan Dayr al-Balax shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Misrning “Al-Qohira al-Ixbariya” telekanali manbalariga ko‘ra, zarbaga uchragan BMT xodimlari G‘azo sektoridagi minalarni tozalash ishlari bilan shug‘ullanayotgan bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan BMT rasmiylari hozircha rasmiy bayonot bermagan.

UNOPS ijrochi direktori Xorxe Moreira da Silva shunday dedi, "Bu tasodif emas. G'azoda sodir bo'layotgan voqealar aqlga sig'maydi. Men bu fojiali xabardan hayratda qoldim. O'tgan oy G'azoda jamoamizning mutlaq fidoyiligini ko'rdim. Ular va BMTning boshqa xodimlari va binolari hech qachon nishonga olinmasligi kerak. Barcha jabrlanganlarga samimiy hamdardlik bildiraman.

Gumanitar binolarga hujumlar xalqaro huquqni buzish hisoblanadi. BMT xodimlari va uning binolari har tomondan himoya qilinishi kerak. Men BMTning o‘t ochishni to‘xtatish rejimini qayta tiklash, to‘siqsiz insonparvarlik yordamini qayta tiklash va garovga olinganlarni so‘zsiz ozod qilishga chaqiruvini yana bir bor takrorlayman”- dedi BMT vakili.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing