Italiya-2026: rekordlar va kutilmagan qahramonlar o‘yinlari

Sport

Italiyada o‘tgan Qishki Olimpiya o‘yinlari yakunlandi. Yohannes Klebo 11 karra chempionga aylandi, Mihail Shaydorov esa figurali uchishda sensatsion g‘alabaga erishdi.

Italiya-2026: rekordlar va kutilmagan qahramonlar o‘yinlari
Medallar jadvalida Norvegiya birinchi bo‘ldi. AQSh ikkinchi, Niderlandiya uchinchi o‘rinni egalladi. Italiya to‘rtinchi bo‘ldi.

Erkaklar figurali uchishida favorit Ilya Malinin xatolarga yo‘l qo‘yib 15-o‘rinda qoldi. Oltin medal Shaydorovga nasib etdi. Ayollar bahsida Alisa Liu g‘alaba qozondi.

Ukrainalik skeletchi Vladyslav Heraskevych esa shlemi sabab diskvalifikatsiya qilindi.

Ilk bor dasturga kiritilgan ski-alpinizmda ispaniyalik Oriol Kardona Kol chempion bo‘ldi, neytral maqomda qatnashgan Nikita Filippov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing