Senat bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha yangi choralarni ma’qulladi
O'zbekiston
O‘zbekistonda bolalarni jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy mexanizmlari kuchaytiriladi. Senatorlar 17-yalpi majlisda voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi.
Hujjat ta’lim muassasalarida tarbiya va ta’lim jarayonida bolalarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik qo‘llash, shuningdek, ularni haqorat qilish uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutadi.
Pedagogik faoliyati davomida voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar bir yil davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullana olmaydi.
Shuningdek, to‘liq davlat yoki nodavlat ta’minotidagi bola uchun ota-onani aliment to‘lashdan ozod qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga faqat ularning qarindoshlariga berish nazarda tutilgan.
Yangi normalar bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimini kuchaytirishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor