«Manfaatlar, qadriyatlar va ego»: Tramp NATO ichidagi muvozanatni qanday o‘zgartirdi
Dunyo
NATO sammiti kollektiv mudofaani kuchaytirish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kursini tasdiqlash bilan yakunlandi. Biroq uchrashuvning asosiy omillaridan biri yana AQSh Prezidenti Donald Trampning siyosati bo‘ldi. Yangi harbiy majburiyatlar fonida ittifoqchilar Eron, Grenlandiya va alyans ichidagi mas’uliyatni taqsimlash masalalarida kelishmovchiliklarga duch keldi.
Vashington bosimi ostida NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini oshirishda davom etmoqda. Yevropalik ittifoqchilar va Kanada 2025-yilda asosiy mudofaa ehtiyojlariga qo‘shimcha $139 mlrd dan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi, sammitda esa $50 mlrd dan ziyod yangi xaridlar e’lon qilindi. Havo va raketaga qarshi mudofaa, yuqori aniqlikdagi qurollar, uchuvchisiz tizimlar, sun’iy intellekt va mudofaa ishlab chiqarishini kengaytirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
Alyans Ukrainani «qat’iy qo‘llab-quvvatlashini» yana bir bor tasdiqladi. NATO 2026-yilda harbiy texnika va tayyorgarlik uchun €70 mlrd ajratishni rejalashtirmoqda. Tramp, shuningdek, Ukrainaga Patriot tizimlarini ishlab chiqarish uchun litsenziya berishga tayyorligini bildirdi.
Eron masalasi ham alohida muhokama qilindi. AQSh Prezidenti Tehron bilan kelishuvlar o‘z kuchini yo‘qotganini ma’lum qildi, biroq keyinchalik Vashington uzoq davom etadigan mojaroga intilmayotganini ta’kidladi. NATO Eronni dengiz qatnovi erkinligini hurmat qilish va yadroviy qurol yaratishdan voz kechishga chaqirdi.
Tramp Grenlandiya masalasini yana ko‘tardi va ayrim ittifoqchilarni AQShni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamaganlikda tanqid qildi. Shunga qaramay, u sammitni muvaffaqiyatli deb baholadi.
Ekspertlarning fikricha, Yevropa yetakchilari endi transatlantik sheriklik manfaatlari va qadriyatlari bilan bir qatorda AQSh prezidentining shaxsiy siyosiy omilini ham hisobga olishga majbur. NATOning strategik yo‘nalishi esa o‘zgarmayapti: mudofaa xarajatlarini oshirish, qurollarni modernizatsiya qilish va kollektiv xavfsizlikni mustahkamlash.

Powered by Froala Editor