Italiyalik afsonaviy darvozabon Janluji Buffon faoliyatini yakunladi

Sport

28 yil futbol maydonida umr oʻtkazgan italiyalik mashhur darvozabon Janluiji Buffon faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Italiyalik afsonaviy darvozabon Janluji Buffon faoliyatini yakunladi
28 yil futbol maydonida umr oʻtkazgan italiyalik mashhur darvozabon Janluiji Buffon faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Bu haqda u twitter’da yozib qoldirdi.

"Hammasi shu do'stlar! Sizlar menga boringizni berdingiz. Men sizga borimni berdim. Biz buni birga qildik", deb yozdi Buffon.

45 yoshli futbolchi faoliyati davomida ko'plab yorqin yutuqlarni qo'lga kiritdi, jumladan, Italiya terma jamoasi bilan 2006-yilgi FIFA Jahon chempionligi, “Yuventus” bilan 10 marta A Seriya chempionligi va PSJ bilan Liga 1 chempionligi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing