Jahon banki: Yaqin Sharqdagi keskinlashuv neft narxini 157 dollargacha oshirishi mumkin
Iqtisodiyot
Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi bozorlarga xom ashyo yetkazib berishdagi muvaffaqiyasizlik fonida neft narxini hayratlanarli qiymatlarga ko‘tarishi mumkin, deb ogohlantiradi Jahon banki o‘z prognozida.
The New York Times bank materiallariga tayanib yozishicha, mojaroning ehtimoliy kuchayishi, shuningdek, uning Isroil va Falastin chegaralaridan tashqariga kengayishi neft narxining 75 foizga oshishiga va barrel uchun 157 dollargacha yetib borishiga olib kelishi mumkin.
Jahon bankining ta’kidlashicha, bunday hodisa 1973-yildagi arab neft embargosi bilan taqqoslanadi.
Oktyabr oyi o‘rtalarida JPMorgan bosh direktori Jeymi Dimon global vaziyat tufayli so‘nggi o‘n yilliklardagi investorlar uchun eng xavfli davrlardan biri haqida ogohlantirdi: u Yaqin Sharqdagi janglar energiya va oziq-ovqat bozorlari uchun uzoq muddatli va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini taxmin qildi.

Powered by Froala Editor