Jahon bozorida neft narxi ikki haftalik o'sishdan keyin pasaydi
Iqtisodiyot
Dushanba kuni ertalab jahon bozorida neft narxi so'nggi ikki hafta ichida qariyb 10 foizga oshganidan keyin pasaydi.
Shimoliy dengizda qazib olingan “Brent” neftining noyabr oyi fyucherslari 0,19 foizga arzonlashib, bir barreli 90,48 AQSh dollariga sotilgan.
WTI neftining oktyabr fyucherslari narxi 0,53 foizga pasayib, bir barrel uchun 87,05 AQSh dollarini tashkil qildi.
Narxlar neft narxini qo'llab-quvvatlovchi OPEK+ neft ta'minotini kamaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlari bilan bog'liq taxminlar fonida barqarorlashmoqda. Biroq, neftning yirik iste'molchisi va importchisi bo'lgan Xitoy iqtisodiyotining tiklanish istiqbollari haqidagi xavotirlar ushbu resurs narxiga bosim o'tkazishda davom etyapti.
“Ko‘rsatkichlar bozorda neft haddan tashqari koʻp xarid qilinganidan dalolat beradi. Hamma narsani hisobga olsak, biz konsolidatsiyani kutish kerak deb hisoblaymiz”, degam Bloomberg’ga Singapurdagi “Standard Chartered Plc” investitsiya strategisi Xan Zhong Liang.

Powered by Froala Editor