Jahon mudofaa xarajatlari 2 trillion dollardan oshdi

Iqtisodiyot

2023-yilda jahon mudofaa xarajatlari 9% ga oshib, rekord darajadagi 2,2 trillion dollarni tashkil etdi va bu mablag‘ning yarmi NATOga a’zo davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi, deb xabar bermoqda “Bloomberg”.

Jahon mudofaa xarajatlari 2 trillion dollardan oshdi
Agentlikning taʼkidlashicha, Xitoy, Rossiya, Hindiston va NATOga aʼzo mamlakatlarning mudofaa byudjetlari butun dunyo boʻylab umumiy harbiy xarajatlarning 70% dan ortigʻini tashkil qiladi. Maʼlumotlarga koʻra, 2014-yildan buyon NATOga aʼzo davlatlar mudofaa xarajatlari AQShni hisobga olmaganda 32% ga oshgan.

Qayd etilishicha, o'zgarishlar mudofaa byudjetlarini taqsimlashdagi ustuvorliklarga ham ta'sir ko'rsatdi. 2014-yilda NATOga aʼzo davlatlar mudofaa xarajatlarining oʻrtacha 15% ni xaridlar va rivojlanishga ajratgan boʻlsa, 2023-yilda bu koʻrsatkich 30% ga oshgan. Harbiy byudjetining 50% ni jihozlarga sarflagan Polsha, Finlyandiya va Vengriyani alohida ta'kidlash kerak.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing