Janubiy Koreya Prezidenti Yoon tez orada hibsga olinadi
Dunyo
Janubiy Koreya Prezidenti Yoon Sok Yeol tergovlarga bepisandlik qilib, kelmaganligi uchun politsiya unga isyon bo‘yicha ayblov qo‘ydi hamda suddan hibsga olish orderini talab qildi.
Janubiy Koreyaning Birlashgan tergov guruhi prezident Yoon Sok Yeolning davlatga qarshi isyon ishi bo‘yicha so‘roq qilish uchun chaqiruvlarni bir necha bor rad etishi va impichment tufayli uning vakolatlari to‘xtatilganidan so‘ng, uni hibsga olish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qildi.
Janubiy Koreyaning korruptsiyaga qarshi tergov boshqarmasi, politsiya va mudofaa vazirligi vakillaridan iborat Birlashgan tergov guruhi Seul sudiga prezident Yoon Sok Yeolni hibsga olish haqida ariza topshirganini TASS agentligi xabar berdi. Ushbu talab 30-dekabr kuni prezident uchinchi marta isyon ishi bo‘yicha chaqiruvni e’tiborsiz qoldirganidan keyin amalga oshirilgan.
Yoon Sok Yeol avvalroq mamlakatda harbiy holat e’lon qilib, bu qarorni «shimoliy koreyaparast unsurlarga qarshi kurash zaruriyati» bilan izohlagan edi. Biroq bu qaror olti soatdan so‘ng bekor qilingan. Janubiy Koreya qonunlariga ko‘ra, davlat isyoni yoki xiyonat bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha amaldagi prezidentni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin.
14-dekabr kuni Janubiy Koreya parlamenti Yoon Sok Yeolga nisbatan impichment qarorini qabul qildi, buning natijasida uning vakolatlari vaqtincha to‘xtatildi. Endi Konstitutsiyaviy sud prezidentning keyingi taqdirini hal qilishi kerak: impichmentni tasdiqlash yoki uning lavozimini tiklash.
VZGLYAD gazetasi yozishicha, Janubiy Koreya parlamenti 204 deputat ovozi bilan prezident Yoon Sok Yeolga impichment e’lon qilishni qo‘llab-quvvatlagan. Shuningdek, Janubiy Koreya parlamenti birinchi xonim Kim Gon Xi ustidan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq firibgarlik gumoni bo‘yicha maxsus tergov o‘tkazishni ma’qullagan. Janubiy Koreya prezidenti Yoon Sok Yeol xalqiga murojaat qilib, «Impichment sinovidan sharaf bilan o‘tishini» aytdi.

Powered by Froala Editor