Jazoir 12 nafar fransuz amaldorini mamlakatdan chiqarib yubormoqchi
Dunyo
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Jazoir Fransiyaning diplomatik missiyasi tarkibidagi 12 xodimni mamlakatni tark etishga chaqirgan. Jazoir Fransiya elchixonasining 12 nafar xodimini 48 soat ichida mamlakatni tark etishini talab qilgan. Bu haqida 14-aprel, dushanba kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro xabar berdi.
AFP agentligi qayd etishicha, 12 kishi orasida diplomatlar bilan birga Fransiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari ham bor.
Avvalroq Fransiyada uch nafar jazoirlik, jumladan, bir diplomat, muxolifat vakilini o‘g‘irlashda ayblangan edi. Barro bu chorani Jazoir tomonidan ilgari Fransiyada hibsga olingan uch nafar jazoirlik, jumladan, diplomat bilan bog‘liq voqealarga javob deb baholab, Jazoirni bu qarordan voz kechishga chaqirdi. “Agar amaldorlarimizni chiqarib yuborish qarori o‘z kuchida qolsa, bizda bundan boshqa choramiz qolmaydi — darhol javob beramiz”, — dedi Barro.
Ma'lumot o‘rnida, avvalroq Fransiyada uch nafar jazoirlik, jumladan, elchixona xodimi hibsga olingan edi. 11-aprel kuni Fransiya Milliy terrorchilikka qarshi prokuraturasi (PNAT) ularni mashhur jazoir muxolifatchisi Amir Buxorsni o‘g‘irlashda aybladi. Buxors TikTok ijtimoiy tarmog‘ida 1,1 milliondan ortiq obunachiga ega.
Amir Buxors 2024-yil aprel oyida Parij yaqinidagi shahar chekkasida o‘g‘irlab ketilgan, 27 soat davomida asirda saqlanib, keyin qo‘yib yuborilgan. AFP agentligining yozishicha, Jazoir muxolifatchiga nisbatan to‘qqizta xalqaro hibsga olish orderi chiqargan. Uni firibgarlik va terrorizmda ayblashmoqda.
Le Monde gazetasi xabariga ko‘ra, Buxorsni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha jazoirliklarga qo‘yilgan ayblovda “xorijliklar hech qanday ikkilanmasdan Fransiya hududida qo‘rqitish va zo‘ravonlik orqali hayotga xavf soluvchi harakatlarni amalga oshirgan”, deyilgan.

Powered by Froala Editor