Jeyms Uebb teleskopi Uranning yangi yo‘ldoshini kashf etdi

Dunyo

James Webb kosmik teleskopi Uran atrofida diametri atigi 10 kilometr bo‘lgan yangi kichik yo‘ldoshni aniqladi. U ilgari o‘zining kichikligi va xira yoritilishi sababli ko‘rinmay qolgan edi.

Jeyms Uebb teleskopi Uranning yangi yo‘ldoshini kashf etdi
AQShning kosmik agentligi NASA James Webb teleskopi yordamida Uran atrofida yangi yo‘ldosh topilganini ma’lum qildi.

Kuzatuvlar joriy yil fevral oyida olib borilgan va natijada sayyora atrofida aylanayotgan kichik kosmik obyekt qayd etilgan. Uning diametri taxminan 10 kilometrni tashkil etadi. Mutaxassislarning fikricha, yo‘ldoshning juda kichik hajmi va xira yoritilishi sababli u hozirgacha aniqlanmagan.

Avval Uran atrofida 28 ta yo‘ldosh borligi ma’lum edi. Ularning aksariyati Uilyam Shekspir va Aleksandr Poup asarlari qahramonlari nomi bilan atalgan. Yangi yo‘ldoshga esa hozircha rasmiy nom berilmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing