JIF: O‘zbekiston turizmni faol rivojlantirayotgan mamlakatlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi

O'zbekiston

O‘zbekiston turizm yo‘lida iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha eng faol davlatga aylandi. U Jahon iqtisodiy forumi reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” axborot agentligi JIF ekspertlari natijalariga tayanib xabar berdi.

JIF: O‘zbekiston turizmni faol rivojlantirayotgan mamlakatlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi
Xabarlarga ko'ra, mamlakatlarning iqtisodiyotga qo'shgan hissasi bo'yicha reytingi Jahon iqtisodiy forumi mutaxassislari tomonidan tuzilgan bo'lib, unda 2019–2024-yillardagi besh yillik ma'lumotlar tahlil qilingan.

O‘zbekiston so‘nggi yillarda jahon turizm bozori uchun o‘z iqtisodiyotini eng faol rivojlantirayotgan dunyodagi yetakchi o‘nta davlat qatoridan birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, oʻz iqtisodiyotini turizm sohasida faol rivojlantirayotgan yetakchi oʻnta davlat qatoriga Albaniya, Saudiya Arabistoni, Indoneziya, BAA, Misr, Salvador va Afrikaning uchta davlati kirdi.

Besh yil davomida turizm bozoriga eng katta hissa AQSH, Ispaniya, Yaponiya, Fransiya, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Italiya va Shveytsariya tomonidan qo‘shilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing