Jozep Borrel: Yevropa Ittifoqi "Donbass uchun jon bermaydi"

Dunyo

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga qo'shin yuborish imkoniyati haqidagi bayonotlari fonida "odamlarni qo'rqitmaslikka" chaqirdi va Yevropa Ittifoqi "Donbass uchun jon bermasligiga" ishontirdi. Bu haqda u 21-mart kuni Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammiti boshlanishidan oldin ma'lum qildi.

Jozep Borrel: Yevropa Ittifoqi "Donbass uchun jon bermaydi"
"Urush muqarrar, deb odamlarni qo‘rqitmasligimiz kerak. Ukrainani qo‘llab-quvvatlash zarurati muqarrar. Gap Donbass uchun jon berish haqida emas, balki ukrainaliklarga yordam berish haqida ketyapti", ― dedi u.

G'arb davlatlari Donbassni himoya qilish bo'yicha Rossiya maxsus operatsiyasi fonida Kiyevga harbiy va moliyaviy yordamni oshirdi. Operatsiyaning boshlanishini Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2022-yil 24-fevralda e'lon qilgan edi. Biroq, so'nggi paytlarda G'arbda Ukrainaga yordamni qisqartirish zarurligi haqida gaplar tobora ko'payib bormoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing