JSST grippning yangi turi tez tarqalayotgani haqida ogohlantirdi
Dunyo
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Shimoliy yarim sharda gripp mavsumi odatdagidan erta boshlangan bir paytda virusning yangi varianti tez sur’atlarda tarqalayotganini ma’lum qildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) grippning yangi A(H3N2) varianti dunyo bo‘ylab tez tarqalayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda Jenevada JSSTning global respirator tahdidlar bo‘limi rahbari Venqing Chjan ma’lum qildi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy yarim sharda gripp mavsumi odatdagidan erta boshlangan bo‘lib, ayni paytda boshqa respirator viruslar ham faol tarqalmoqda. Mutaxassislarni ayniqsa tez yuqish xususiyatiga ega bo‘lgan A(H3N2) shtammi tashvishga solmoqda.
JSST qayd etishicha, mazkur variant ilk bor avgust oyida Avstraliya va Yangi Zelandiyada aniqlangan, keyinchalik esa 30 dan ortiq mamlakatda qayd etilgan. Ushbu shtamm joriy mavsum uchun ishlab chiqilgan vaksinalar tarkibiga kiritilmagan bo‘lsa-da, mavjud vaksinalar kasallikning og‘ir kechishi va shifoxonaga yotqizilish xavfini kamaytiradi.
Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan bayramlar va sayohatlar sonining ortishi kasallanishning yangi to‘lqiniga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirildi. Shu munosabat bilan JSST davlatlarni sog‘liqni saqlash tizimlari tayyorgarligini kuchaytirishga va ayniqsa xavf guruhlarida emlashni faol targ‘ib qilishga chaqirdi.

Powered by Froala Editor