JSST: yanvar oyida 40 mingdan ortiq odam vabo bilan kasallandi
Dunyo
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan e'lon qilingan yangi hisobotga ko'ra, vabo epidemiyasining butun dunyo bo'ylab tarqalish xavfi yuqori deb baholanmoqda.
O'tgan yili 709 000 ga yaqin kishi mazkur kasallikni yuqtirdi, ulardan 4 300 tasi o'lim bilan yakunlandi. Yoz mavsumining yaqinlashishi yana ko'rsatkichlarning oshishiga olib keladi. Joriy yilning yanvar oyida dunyoning 17 mamlakatida qariyb 41 ming kishida vabo aniqlandi, 775 nafar bemor ushbu kasallik qurboniga aylandi.
Afrika, Sharqiy O'rta yer dengizi, Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyoda yangi epidemiyalar aniqlandi, ayniqsa Zambiya va Zimbabveda o'sish sur'atlari yuqori.
JSST ushbu mamlakatlarni zarur dori-darmonlar, vaksinalar va boshqa tibbiy resurslar bilan ta'minlashga doir choralar ko'rmoqda.

Powered by Froala Editor