Juno qor ostida qoldi: 60 yillik rekordlar yangilandi

Dunyo

AQShning Alyaska shtatidagi Juno shahrida so‘nggi bir hafta ichida tarixiy rekordlarni yangilagan miqdorda qor yog‘di. Bu haqda Alaska’s News Source meteorologiya xizmatlari ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Juno qor ostida qoldi: 60 yillik rekordlar yangilandi
AQSh Milliy meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, dekabr oyida yog‘gan qor miqdori 203 santimetrdan oshdi. Avvalgi oylik rekord — 138,9 sm — 1964 yilda qayd etilgan edi. Yog‘ingarchilik hajmi Juno uchun yillik o‘rtacha normaga teng bo‘ldi.

Shuningdek, shahar ketma-ket besh kun davom etgan qor yog‘ishi bo‘yicha ham rekord o‘rnatdi. Bunday holat oxirgi marta 1963 yilda kuzatilgan.

Kuchli qor yog‘ishi oqibatida Juno portida zarar qayd etildi. Port ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, sakkizta kema cho‘kib ketgan, yana 15 tasi yordamga muhtoj.

Mahalliy hokimiyat zarar miqdorini baholashda davom etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing