Kanada va AQShning ayrim hududlarini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi

Dunyo

Yong’inlar oqibatida minglab odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Kanada va AQShning ayrim hududlarini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi
Kanadaning Alberta provinsiyasida taxminan 176 ta o'rmon yong'inlari sodir bo’lgan va ulardan 50 tasi nazoratdan chiqib ketgan, deb xabar bermoqda Sky news.

Mamlakatning Yasper shahrida yong'in binolarning 50 foizini vayron qilgan. U yerda olov 100 metr balandlikkacha ko‘tarilib, 30 daqiqadan kamroq vaqt ichida 5 km masofaga tarqalgan. Kanada yordam uchun Meksika, Janubiy Afrika, Avstraliya va Yangi Zelandiyadan 400 nafar o‘t o‘chiruvchini olib kelishi xabar qilindi.

Bundan tashqari, AQShning Kaliforniya shtatida, Chiko shahri yaqinidagi yong'in bir kechada 567 gektardan taxminan 50,585 gektargacha tarqalgani aytilmoqda. Butte va Chiko okruglaridan 4000 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan.

“Bularning barchasi katta vayronagarchilikka olib keldi va minglab odamlarni evakuatsiya qilishga majbur qildi. Vaziyat tarangligicha qolmoqda va rasmiylar yong‘inga qarshi faol kurash olib bormoqda”, deyiladi Sky news xabarida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing