Kanada va O‘zbekiston havo transporti bo‘yicha bir qancha kelishuvlarga erishildi

O'zbekiston

“ICAN” tadbiri – ICAOga aʼzo davlatlar o‘rtasida havo qatnovini rivojlantirish masalalarida ikki tomonlama muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish uchun asosiy uchrashuv maydoni sifatida har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinadi.

Kanada va O‘zbekiston havo transporti bo‘yicha bir qancha kelishuvlarga erishildi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida ICAOning “ICAN-2023” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘n beshinchi marotaba o‘tkazilayotgan tadbirda ICAO (Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti)ga aʼzo 192 ta davlatdan jami 162 ta davlat aviatsiya maʼmuriyatlari va ularning aviakompaniyalari hamda 1200 dan ortiq aviatsiya sohasi vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari tomonidan mazkur tadbirda BAA, Saudiya Arabistoni Qirolligi, Bangladesh, Kanada hamda boshqa bir qator mamlakatlar bilan o‘zaro kelishuvlarga erishilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatda turizmni rivojlantirish hamda xalqaro aviaqatnovlar hajmini oshirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash yuzasidan belgilangan maqsadlarga erishilishi kutilmoqda.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish huquqini beruvchi uchinchi va to‘rtinchi “havo erkinligi”ni o‘z ichiga olgan aviaqatnovlar to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda imzolash jarayonini boshlash bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing