Kanada Isroilning qahvaxonalar tarmogʻini boykot qilishga chaqirmoqda

Dunyo

Torontoda G‘azoni qo‘llab-quvvatlash uchun minglab odamlar namoyishga chiqdi.

Kanada Isroilning qahvaxonalar tarmogʻini boykot qilishga chaqirmoqda
AQShning Torontodagi Bosh konsulligi oldida G‘azo sektorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida minglab odamlar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, aksiya Falastin yoshlar harakati tomonidan tashkil etilgan boʻlib, namoyish ishtirokchilari Isroilning mamlakatda faoliyat yuritayotgan qahvaxonalar tarmog‘ini boykot qilishga chaqirgan.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, mitingda 25 mingga yaqin odam qatnashgan.

Namoyishchilar G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va Falastin anklavidagi blokadani bekor qilishni talab qilishgan.

Shuningdek, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va AQSh Prezidenti Jo Bayden Isroil-Falastin mojarosi fonida tutgan pozitsiyalari uchun tanqid qilingan.

Namoyish ishtirokchilari Qo'shma Shtatlar va Kanada rahbarlarini "genotsidga sheriklik" va "terrorizmni qo'llab-quvvatlash"da ayblab,“Tryudoning qo‘li qon” degan shiorlarni aytishgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing