Keniyada yana norozilik namoyishlari kutilmoqda

Dunyo

Keniya politsiyasi norozilik namoyishlari oldidan prezident saroyiga olib boruvchi ko‘chalarda to‘siqlar o‘rnatdi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.

Keniyada yana norozilik namoyishlari kutilmoqda
Bu Prezident Ruto katta munozaralarga olib kelgan soliqlarni oshirish haqidagi qonundan voz kechganidan keyin sodir bo'ldi.

O'tgan hafta 2024-yilgi moliyaviy qonun loyihasi tufayli halokatli norozilik namoyishlari boshlandi. Tinchlik mitinglari bilan boshlangan norozilik yurishlari butun mamlakat bo'ylab tartibsizliklarni tug’dirdi.

Seshanba kuni parlament qisman yoqib yuborildi va mamlakat bo'ylab kamida 22 kishi halok bo'ldi. Chorshanba kuni Ruto qonun loyihasini imzolamasligini va "u bekor qilinishini" aytdi.

Vashington Keniyani o'zining asosiy ittifoqchilari qatoriga kiritdi. Hozirgi vaqtda AQShning NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchilari 20 ta davlatdir, ular orasida Isroil, Misr, Argentina, Pokiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tayvan va Qatar bor.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing