Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imkoniyatlar
Biznes
O‘zbekistonda kichik biznesni uzluksiz rivojlantirish maqsadida yangi mexanizmlar joriy qilinmoqda. 2024-yil 7-sentyabr kuni qabul qilingan Prezident Qarori (PQ-312-son)ga binoan, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi yanada takomillashtiriladi va tadbirkorlar uchun bir qator yangi moliyaviy imkoniyatlar ochiladi.
Mazkur dastur doirasida tadbirkorlar 300 million so‘mgacha bo‘lgan mikrokreditlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shundan 100 million so‘m garovsiz ajratiladi, bu mablag‘ “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan taqdim etiladi. Qolgan 200 million so‘m esa banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan ajratiladi.
Garovsiz ajratilgan mikrokreditlar bo‘yicha tavakkalchilik davlat va kredit tashkilotlari o‘rtasida taqsimlanadi yoki kompaniya tomonidan portfel kafilligi taqdim etiladi. Bu mexanizm tadbirkorlarning moliyaviy yukini yengillashtiradi va ularga yanada qulay sharoit yaratadi.
Shuningdek, dastur doirasida kichik tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyat yuritayotgan hududiga qarab, turli stavkalar bilan qayta moliyalashtiriladi. Bu imtiyozlar 2024-yil 1-noyabrdan boshlab amaliyotga tatbiq etiladi va har bir tadbirkor uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor