Lukashenko va Kim do‘stlik shartnomasini imzoladi
Dunyo
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelib, ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy va texnologik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan «do‘stlik va hamkorlik» shartnomasini imzoladi.
Lukashenko KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashdi. Shartnoma qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda hamkorlikni nazarda tutadi.
Belarus va KXDR G‘arb sanksiyalari ostida bo‘lib, Moskvaning siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Lukashenko tashrif davomida «mustaqil davlatlar suverenitetini himoya qilish uchun yaqinroq hamkorlik qilishlari kerak» deya ta’kidladi.
Oldinroq Rossiya va KXDR strategik sheriklik shartnomasini imzolagan bo‘lib, bu tomonlardan biriga hujum qilinsa, harbiy va boshqa yordamni nazarda tutadi. KXDR Rossiyadan moliyaviy yordam, harbiy texnologiyalar, oziq-ovqat va energiya resurslarini oladi, bu esa Pekindan qaramlikni kamaytiradi. Maxsus xizmatlarning ma’lumotlariga ko‘ra, shimoliy koreyalik kuchlar Rossiyaga, jumladan Kursk viloyatiga, artilleriya va raketa tizimlari bilan yuborilgan.

Powered by Froala Editor