Kir Starmerning pozitsiyasi xavf ostida: Leyboristlar partiyasida yetakchi almashishi mumkinligi aytilmoqda

Dunyo

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerning hamfikrlari partiya ichidagi inqirozni bartaraf etishga urinmoqda. Bloomberg’ning xabar berishicha, Leyboristlar partiyasining ayrim a’zolari uni yaqin haftalarda lavozimidan chetlatish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Kir Starmerning pozitsiyasi xavf ostida: Leyboristlar partiyasida yetakchi almashishi mumkinligi aytilmoqda
Manbalarga ko‘ra, partiya rahbariyatida Starmerning siyosatidan norozilik ortib bormoqda. Ayrim a’zolar fikricha, u noyabr oxirida e’lon qilinadigan byudjetdan so‘ng lavozimini yo‘qotishi mumkin.

Ehtimoliy nomzodlar sifatida sog‘liqni saqlash vaziri Ues Striting, ichki ishlar vaziri Shabana Mahmud, energetika vaziri Ed Miliband va sobiq transport vaziri Luiz Heig tilga olinmoqda.

Stritingning vakili bu da’volarni «asoslanmagan va yolg‘on» deb atadi. Starmer tarafdorlari esa u partiya rahbarligini saqlab qolish uchun kurashmoqchi ekanini bildirdi.

So‘nggi ijtimoiy so‘rovlar natijasida ham Bosh vazir, ham Leyboristlar partiyasi mashhurligi pasayayotgani, shu bilan birga Najel Faraj boshchiligidagi Reform partiyasi reytingi oshayotgani qayd etilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing