Kongoda o‘limga olib keluvchi noma’lum infeksiya tarqaldi
Dunyo
Kongo Demokratik Respublikasida noma’lum kasallik tarqalishi 50 dan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bemorlarning aksariyati kasallik alomatlari paydo bo‘lganidan keyin ikki kun ichida vafot etgan.
Kasallikning birinchi avj olishi 21-yanvar kuni Boloko shahrida boshlangan, u yerda uch nafar bola ko‘rshapalakni iste’mol qilgan va ko‘p o‘tmay gemorragik isitma alomatlaridan vafot etgan. O‘shandan beri 419 ta kasallanish holati qayd etilgan, ulardan 53 tasi o‘lim bilan tugadi.
Ikkinchi avj olish 9 fevral kuni Bomate shahrida qayd etildi. Tekshiruvga bemorlardan namunalar yuborilgan, biroq Ebola va Marburg virusiga topshirilgan testlar manfiy natija bergan. Ba’zi tahlillar bezgak borligini ko‘rsatdi, ammo shifokorlar bu o‘limning sababi ekanligiga ishonchi komil emas.
JSST qayd etishicha, so‘nggi o‘n yil ichida Afrikada hayvonlardan odamlarga yuqadigan kasalliklar soni 60 foizga oshgan. Tibbiyot xodimlari kasallik tarqalishining oldini olish uchun vaziyatni o‘rganishda davom etayapti.

Powered by Froala Editor