Konor Makgregor Irlandiya prezidenti saylovida ishtirok etadi

Dunyo

Sobiq UFC chempioni Konor Makgregor 2025-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Irlandiya prezidentlik saylovida nomzodini qo‘yishini rasman tasdiqladi. U allaqachon ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan ovozlarni to‘plaganini ma’lum qildi.

Konor Makgregor Irlandiya prezidenti saylovida ishtirok etadi
«Men kerakli ovozlarni to‘pladim. Irlandiyaning chaqirig‘i eshitiladi! Men bu yerda xalq irodasi uchunman», — deb yozdi sportchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.

Amaldagi prezident, 84 yoshli Maykl Higgins, 2011-yildan buyon lavozimda ishlamoqda va hozircha yangi saylovlarda qatnashish-qatnashmasligini e’lon qilmagan.

Makgregor uchun bu siyosatga ilk rasmiy qadam bo‘lib, bungacha u faqat siyosiy ambitsiyalari haqida imolar qilgan edi. U oxirgi jangini 2021-yil iyul oyida UFC doirasida o‘tkazgan, keyin biznes va jamoatchilik faoliyatiga e’tibor qaratgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing