Kreml Yevropaning Rossiya bilan muloqotga munosabatidagi “ijobiy o‘zgarishlar”ni qayd etdi
Dunyo
Kreml Yevropaning ayrim davlatlari tomonidan Rossiya bilan muloqotni tiklash ehtimoli haqidagi bayonotlarni ijobiy baholadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Fransiya, Italiya va Germaniya yetakchilarining so‘nggi chiqishlariga izoh berar ekan ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Kreml Yevropa poytaxtlarida Rossiya bilan suhbat Yevropada barqarorlikni ta’minlash uchun zarur, degan fikrlar yangray boshlaganini qayd etgan. Peskov bunday yondashuv Moskvaning qarashlariga to‘liq mos kelishini va Yevropa pozitsiyasida sezilarli o‘zgarishlar borligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Peskov Buyuk Britaniyaning pozitsiyasi avvalgidek qolayotganini va Moskva nazarida u halokatli xarakterga ega ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, London Yevropa qit’asida tinchlik va barqarorlikni tiklashga hissa qo‘shishni istamayapti.

Powered by Froala Editor