Kuba zulmatga cho‘mdi: 10 million kishi elektrsiz qoldi
Dunyo
Kubada to‘liq elektr uzilishi yuz berdi, natijada oroldagi taxminan 10 million kishi elektrsiz qoldi. Bu mamlakat tarixidagi eng katta blackout bo‘lib, energetika inqirozi va yoqilg‘i yetishmovchiligi bilan bog‘liq.
Davlat elektr tarmoqlari operatori UNE mutaxassislari elektr ta’minotini tiklash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. Shu bilan birga, bu uzilishlar ilgari ham bir necha kun davom etgan uzilishlar seriyasining davomidir.
Energetika inqirozi fonida 14–15 mart kunlari bir qator hududlarda namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Moron shahrida namoyishchilar hukmron Kommunistik partiya shtabini hujum qildi.
Mutaxassislar inqirozni eskirgan neft stansiyalari va Venesueladan neft yetkazib berishning to‘xtatilishi, shuningdek, AQShning Kubaga energiya manbalarini yetkazayotgan mamlakatlarga nisbatan sanksiya tahdidlari bilan izohlaydi.
Kuba prezidenti Migel Dias-Kanell AQSh blokadasini «jinoiy» deb atadi va 13 martda energetika vaziyatining yomonlashuvi fonida Vashington bilan muzokaralar boshlangani xaqida tasdiqladi.

Powered by Froala Editor