Kuchli qor yog'ishi sababli Istanbulda aviareyslar bekor qilindi

Dunyo

Turkiya Transport va infratuzilma vazirligi xabariga ko‘ra, kuchli qor yog‘ishi sababli 19-21 fevral kunlari Istanbul va Sabiha Gokchen aeroportlarida favqulodda holat e'lon qilinib, ayrim reyslar bekor qilindi.

Kuchli qor yog'ishi sababli Istanbulda aviareyslar bekor qilindi
Istanbul aeroportida 19-fevral kuni reyslar soni 15 foizga, 21-fevral, juma kuni esa 20 foizga qisqartirilishi belgilandi. Bayonotda "Turk Havo Yo‘llari kuniga o‘rtacha 1000 ta reys amalga oshirishi inobatga olinsa, 19-fevral kuni taxminan 150 ta, 21-fevral kuni esa taxminan 200 ta reys bekor qilinishi kutilmoqda. Ushbu raqamlar real vaqt rejimidagi ob-havo sharoitlariga qarab o‘zgarishi mumkin" deyiladi.

Bayonotga ko‘ra, Sabiha Gokchen aeroportida 19-fevral kuni reyslarni bekor qilish zaruriyati aniqlanmagan, biroq 20-fevral, payshanba kuni amalga oshiriladigan reyslar qayta ko‘rib chiqilib, oldindan ehtiyot chorasi sifatida 10 foiz reysni bekor qilishga qaror qilingan.

Ushbu doirada Pegasus aviakompaniyasi 46 ta, Ajet esa 22 ta reysni bekor qilishga qaror qilgan.

Shuningdek, 21-fevral, juma kungi reyslar ko‘rib chiqilib, barcha reyslar bo‘yicha ehtiyot chorasi sifatida 15 foiz reysni bekor qilishga qaror qilindi. Shu munosabat bilan Pegasus 68 ta, Ajet esa 34 ta reysni bekor qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing