Kushner Misrda HAMAS vakillari bilan muzokara o‘tkazdi: AQSh qurolsizlanish bo‘yicha amaliy qadamlarni talab qilmoqda
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati vakili Jared Kushner 16-avgust kuni Misrda HAMAS vakillari bilan G‘azo sektori bo‘yicha Amerika tinchlik rejasini amalga oshirish masalasida muzokara o‘tkazdi. Vashington guruhdan kelishuvlarga amal qilishga tayyorligi haqidagi bayonotlar bilan cheklanmasdan, qurolsizlanish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishni talab qildi.
HAMAS delegatsiyasiga Xalil al-Hayya boshchilik qildi. Muzokaralarda Tramp tashabbusi bilan tuzilgan “Tinchlik kengashi” rahbarlari Nikolay Mladenov va Toni Bler, shuningdek, Misr, Qatar va Turkiya vakillari qatnashdi. Axios va AFP ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuv qariyb 90 daqiqa davom etgan.
Tomonlar HAMASni qurolsizlantirish, Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqish va gumanitar yordam masalalarini muhokama qilgan. HAMAS vakillari kelishuvlarga sodiqligini bildirgan va vositachi davlatlardan Isroilga bosim o‘tkazib, rejaning birinchi bosqichi shartlarini bajarish hamda ikkinchi bosqichga o‘tishga ko‘maklashishni so‘ragan.
Isroilning pozitsiyasi kelishuv yo‘lidagi asosiy to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Isroil qo‘shinlari HAMAS to‘liq qurolsizlantirilmaguncha G‘azodan olib chiqilmasligini bildirgan. Isroil “Tinchlik kengashi” tomonidan taklif etilgan 15 banddan iborat rejani hozirgi ko‘rinishida rad etmoqda.
Muzokaralar fonida Saudiya Arabistoni, Misr, Iordaniya, Pokiston, Indoneziya, Qatar, Turkiya va BAA tashqi ishlar vazirlari Isroilning reja bo‘yicha pozitsiyasini tanqid qildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hozircha rasmiy bayonot berilmagan.

Powered by Froala Editor