Quvayt Davlatiga rasmiy tashrif yakunlandi
Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Quvayt Davlatiga ilk rasmiy tashrifini yakunladi. Amir Shayx Mish’al as-Saboh va mamlakatning boshqa yuqori martabali vakillari bilan muzokaralar chog‘ida muhim kelishuvlarga, jumladan, 4,9 milliard dollarlik investitsiya bitimlariga erishildi.
Tashrif dasturidan Quvayt hukumatining asosiy a’zolari, ishbilarmon doiralar va moliyaviy tuzilmalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘rin olgan. Turli sohalarda, jumladan, iqtisodiyot, investitsiya va savdo sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi.
Davlatimiz rahbari madaniy dastur doirasida "As-Salam" saroyi muzeyiga tashrif buyurib, Quvaytning tarixiy merosi bilan tanishdi. Tashrif yakunlangach, Al-Kuvayt xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Powered by Froala Editor