KXDR bortida sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan raketa muvaffaqiyatsiz uchirilganini e’lon qildi

Texnologiya

Shimoliy Koreya raketa ko'tarilishidagi jiddiy kamchiliklarni oʻrganib, ikkinchi parvozni iloji boricha tezroq amalga oshirishini bildirdi.

KXDR bortida sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan raketa muvaffaqiyatsiz uchirilganini e’lon qildi
Bugun, 31-may kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR)ning birinchi ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshini kosmosga chiqarishga boʻlgan urinishi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Bu haqda AP NEWS xabar berdi.

KXDR markaziy axborot agentligining xabar berishicha, Chollima-1 raketasi mahalliy vaqt bilan ertalab soat 06:37 da uchirilgan. Raketa parvoz davomida birinchi bosqich ajratilgandan so‘ng dvigiteldagi nosozlik tufayli Janubiy Koreya yarim orolining g‘arbiy sohiliga qulagan.

Xabarda aytilishicha, Shimoliy Koreya raketa ko'tarilishidagi jiddiy kamchiliklarni oʻrganib, ikkinchi parvozni iloji boricha tezroq amalga oshiradi.

Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSh, o‘z navbatida, Shimoliy Koreyaning raketa uchirishini qoraladi.

“Ushbu uchirma, muvaffaqiyatli boʻlgan yoki boʻlmaganidan qatʼi nazar, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini qoʻpol ravishda buzish va Koreya yarim orolida tinchlik hamda xavfsizlikka tahdid soladigan jiddiy provokatsiya boʻldi”, deyiladi Janubiy Koreya Prezidenti maʼmuriyati bayonotida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing