KXTSh Armanistonni tashkilotdan chiqarib yuborishga tayyorlanmoqda
Dunyo
Tashkilot budjetiga ikki yildan buyon a’zolik badallari to‘lanmayotgani sababli, ittifoqchilar ustavning qat’iy moddalarini qo‘llamoqchi. Bu esa Yerevanning ovoz berish huquqidan mahrum etilishiga yoki uning fikri hisobga olinmagan holda harbiy blokdan butunlay chiqarib yuborilishiga olib kelishi mumkin.
KXTSh Tashqi ishlar vazirlari kengashining Qozondagi yig‘ilishida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Armaniston ikki yildan beri tashkilotni moliyalashtirishni boykot qilayotganini ma’lum qildi. Endilikda blok a’zolari jazo choralarini qo‘llashni ko‘rib chiqadi. KXTSh ustavining 25-moddasiga ko‘ra, ikki yillik qarzdorlik uchun mamlakat ovoz berish huquqi va lavozimlarga kvotalardan mahrum qilinishi mumkin. Bundan tashqari, 20-modda Kengashga majburiyatlarni bajarmagani uchun Yerevanni blokdan butunlay chiqarib yuborish imkonini beradi.
Ushbu moliyaviy nizo siyosiy inqirozning davomi bo‘ldi: 2024-yil fevral oyidayoq Armaniston ittifoqchilarni majburiyatlarni bajarmaslikda ayblab, KXTShdagi a’zoligini muzlatib qo‘ygan edi, Bosh vazir Nikol Pashinyan esa blokni mamlakat xavfsizligiga tahdid deb atadi. Iyun oyida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishni Yerevan vakillari shunchaki e’tiborsiz qoldirishdi va bu bilan ittifoqdan chiqish yo‘lini amalda tasdiqlashdi.

Powered by Froala Editor