Kyoln Ikkinchi Jahon urushi bombalari tufayli markaz aholisini evakuatsiya qilmoqda

Dunyo

Kyolnda Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri eng yirik evakuatsiya bo‘lib o‘tmoqda: portlamay qolgan uchta Amerika aviabombalari topilganidan keyin shahar markazidan 20 mingdan ortiq odam olib chiqilgan.

Kyoln Ikkinchi Jahon urushi bombalari tufayli markaz aholisini evakuatsiya qilmoqda
Ikkinchi jahon urushi davrida portlamagan uchta aviabomba 3-iyun kuni Doyts hududida yo‘l qurilish ishlari paytida topilgan. Rasmiylar 1000 metr radiusda shoshilinch evakuatsiya uyushtirdi: mehmonxona xodimlari va markaziy vokzal xodimlarini qo‘shib hisoblaganda 20 500 kishi o‘z uylari va ofislarini tark etishi kerak edi.

Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, "bu Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri eng yirik operatsiya." Evakuatsiya qilinganlar uchun ko‘rgazma zallari va kollej binolarida vaqtinchalik boshpanalar ochilgan. Kyoln markazi - jumladan, mashhur sobor va filarmoniya yopildi, poyezdlar harakati va Reyn bo‘ylab kemalar qatnovi to‘xtatildi.

Zararsizlantirilgandan so‘ng, snaryadlar utilizatsiya qilish uchun maxsus konteynerlarga olib ketiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing