Lavrov va Rubio Alyaskadagi Putin va Trump uchrashuvini muhokama qildi
Dunyo
12-avgust kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio 15-avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tadigan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSh Prezidenti Donald Trump uchrashuviga tayyorgarlik masalalarini telefon orqali muhokama qildi.
Rossiya TIV xabariga ko‘ra, tomonlar sammitni tashkil etishning asosiy jihatlarini ko‘rib chiqdi, muzokaralar kun tartibi bo‘yicha fikr almashdi va konstruktiv muloqotga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, har ikki tomon uchrashuvni muvaffaqiyatli o‘tkazish va uni Moskva hamda Vashington o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda muhim bosqichga aylantirish niyatida.
Ma’lum qilinishicha, har ikki tomon uchrashuvni muvaffaqiyatli o‘tkazish va uni Moskva hamda Vashington o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda muhim bosqichga aylantirish niyatida.
Powered by Froala Editor