Lavrov va Rubio to‘rtinchi bor uchrashdi: Maniladagi muzokaralar 35 daqiqa davom etdi
Dunyo
Rossiya va AQSH yuqori darajadagi diplomatik muloqotni davom ettirdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda asosiy e'tibor Ukraina atrofidagi vaziyat va ikki tomonlama kun tartibidagi boshqa masalalarga qaratildi.
Muzokaralar Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) tadbirlari doirasida bo‘lib o‘tdi va taxminan 35 daqiqa davom etdi. Diplomatik manba ma'lumotiga ko‘ra, uchrashuv AQSH tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Rossiya delegatsiyasi tarkibiga Sergey Lavrovdan tashqari tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko, Rossiya TIV Tashqi siyosatni rejalashtirish departamenti direktori Aleksey Drobinin hamda Rossiya Prezidenti ning ASEANdagi doimiy vakili Yevgeniy Zagaynov kirdi. AQSH delegatsiyasini siyosiy masalalar bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosari Allison Hooker va Oq uy maxsus vakili Sergio Gor taqdim etdi.
Uchrashuv arafasida Sergey Lavrov Marko Rubio bilan Ukraina mojarosini tartibga solish bo‘yicha Vashingtonning amaldagi pozitsiyasini muhokama qilish niyatida ekanini bildirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSH ilgari Ankorijda ilgari surilgan takliflardan hozircha voz kechmagan, deb hisoblaydi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qilishicha, muzokaralar chog‘ida Sergey Lavrov Amerika tomoniga Ukraina hududidagi jangovar harakatlar chizig‘idagi vaziyat bo‘yicha Rossiya pozitsiyasini yetkazgan. Vazirlik bayonotiga ko‘ra, u Kiyevga qurol yetkazib berishni davom ettirishga qarshi ekanini hamda ayrim Yevropa davlatlarining siyosatini tanqid qilgan.
Maniladagi uchrashuv Sergey Lavrov va Marko Rubioning to‘rtinchi shaxsiy uchrashuvi bo‘ldi. Ular oxirgi marta 2025-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi yuqori darajadagi haftaligi doirasida yuzma-yuz uchrashgan edi.

Powered by Froala Editor