Machado Trampga Nobel Tinchlik mukofoti medalini topshirdi

Dunyo

Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado 15-yanvar kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan qabul marosimida AQSh prezidenti Donald Trampga o‘zining Nobel Tinchlik mukofoti medalini topshirdi. Associated Press xabariga ko‘ra, u bu harakatni Venesuela erkinligi yo‘lidagi sa’y-harakatlarni e’tirof etish ramzi deb atagan.

Machado Trampga Nobel Tinchlik mukofoti medalini topshirdi
Keyinroq Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Machado unga qilgan ishlar uchun Nobel Tinchlik mukofotini topshirganini yozib, buni “o‘zaro hurmatning ajoyib ifodasi” deb baholadi.

Shu bilan birga, Nobel Tinchlik markazi medal egasi o‘zgarishi mumkinligini, biroq Nobel mukofoti laureati maqomi hech qachon o‘zgarmasligini eslatdi. Markaz ta’kidlashicha, mukofot berilgach, qaror yakuniy hisoblanadi.

Machado Nobel Tinchlik mukofotiga Venesuela xalqining demokratik huquqlarini himoya qilish va diktaturadan demokratiyaga tinch yo‘l bilan o‘tish uchun olib borgan faoliyati uchun sazovor bo‘lgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing