Madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi ikki marta oshiriladi
O'zbekiston
O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasi xodimlarining mehnat sharoitlarini yaxshilash va ularga munosib rag‘bat yaratish maqsadida yangi qaror qabul qilindi.
“Madaniyat va san’at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida”gi 400-sonli qaror bilan davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi bosqichma-bosqich oshiriladi.
Qarorga muvofiq, ish haqi quyidagi bosqichlarda oshiriladi:
- 2025-yil 1 yanvardan boshlab – 20 foizga;
- 2025-yil 1iyuldan boshlab – qo‘shimcha 15 foizga.
Mazkur choralar orqali madaniyat va san’at sohasi xodimlarining hayotiy darajasini ko‘tarish, ular uchun barqaror mehnat sharoitlarini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash uchun KPI (kalit samaradorlik ko‘rsatkichlari) tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tizim xodimlarning mehnat natijalarini ob’ektiv va adolatli baholashni ta’minlash bilan birga, ularni samarali ishlashga rag‘batlantiradi.
Mazkur qaror O‘zbekiston madaniyat sohasi rivojiga oid davlat siyosatining muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Axborot-kutubxona va muzeylar xodimlariga qaratilgan e’tibor esa madaniy-ma’rifiy muassasalar sifatini oshirish, aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Powered by Froala Editor