Made in China. Oʻzbekiston tovarlarini asosan Xitoydan xarid qilmoqda

Iqtisodiyot

Oʻzbekiston joriy yilning dastlabki 6 oyida Xitoydan 4,2 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar import qilgan.

Made in China. Oʻzbekiston tovarlarini asosan Xitoydan xarid qilmoqda
2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Statistika agentligi xabariga koʻra, ushbu davlatdan 4,2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.

Agentlik tomonidan tuzilgan Oʻzbekiston importidagi Top-10 davlatlar reytingida ikkinchi va uchinchi oʻrinni mos ravishda Rossiya (3,1 mlrd dollar) va Qozogʻiston (1,5 mlrd) egalladi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

Koreya – 1,0 mlrd;
Germaniya – 892 mln;
Turkiya – 875 mln;
Turkmaniston – 358 mln;
Braziliya – 333 mln;
Litva – 290 mln;
Hindiston – 253 mln AQSh dollari.
Maʼlumot uchun, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston eksportida eng yuqori ko‘rsatkich Rossiya bilan qayd etilgan – 1,3 mlrd dollar. Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1 mlrd hamda 699,3 dollar mahsulotlar eksport qilingan Xitoy va Qozog‘iston joy olgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing