MAGATE KXDRda uranni boyitish uchun yangi obyektlar paydo bo‘lganini ma’lum qildi

Dunyo

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Shimoliy Koreya yadro dasturini kengaytirayotgani va uranni boyitish uchun yangi obyektlar qurganini ma’lum qildi. Agentlik bosh direktori Rafael Grossi vaziyatni jiddiy xavotirga sabab bo‘layotgan holat va BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarining buzilishi deb atadi.

MAGATE KXDRda uranni boyitish uchun yangi obyektlar paydo bo‘lganini ma’lum qildi
MAGATE ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari hamda ochiq manbalar, jumladan, Shimoliy Koreyaning rasmiy OAVlaridagi foto va videolar tahlili KXDR yadro dasturining faol kengaytirilayotganini ko‘rsatmoqda.

Mamlakatning Yonbyon shahridagi asosiy yadroviy obyektida uranni boyitish uchun yangi ikki qavatli bino qurilgan. Agentlik bahosiga ko‘ra, bino 28 tagacha sentrifuga kaskadini sig‘dirishi mumkin.

Shuningdek, Kansondagi uranni boyitish zavodida katta qo‘shimcha inshootdan foydalanish boshlangan. Uning qurilishi 2024 yildan buyon davom etgan.

Shu bilan birga, KXDR MAGATEning o‘z yadro dasturiga nisbatan vakolatini tan olmaydi. Agentlik 2009 yildan beri Shimoliy Koreyaning yadroviy obyektlarida inspeksiya o‘tkazish imkoniga ega emas.

KXDR hukumati mamlakatning yadro davlati maqomi o‘zgarmasligini ta’kidlaydi. Shimoliy Koreya tomoni, shuningdek, Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani imzolamagan mamlakatning ichki ishlariga MAGATEning aralashish uchun huquqiy vakolati yo‘qligini bildirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing