Magnus Karlsen rapid bo'yicha besh karra jahon chempioni bo'ldi
Sport
Karlsen 33 yoshda. U 2014, 2015, 2019 va 2022-yillarda tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan. Shuningdek, u blits bo'yicha olti karra jahon chempioni hamda 2023-yilgi jahon chempionati g'olibidir.
Norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida Rapid bo'yicha g‘olib bo‘ldi.
13-raund yakunida Karlsen 10 ochko jamg'argan. Ikkinchi o‘rinni Sloveniya vakili Vladimir Fedoseyev (9,5), uchinchi o‘rinni xitoylik Yu Yangyi (9) egalladi.
Oʻzbekistonlik Nodirbek Abdusattorov 11-o‘rinni egalladi. Jahongir Vohidov esa 30-pog‘onani band etdi.
Rapid qoidalarga ko'ra, turnir g‘olibi 60 ming, kumush medal sohibi 50 ming, bronza medal sohibi 40 ming dollar mukofot oladi. Blits musobaqasi 29-30-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor