Tramp Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishini e’lon qildi

Dunyo

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasida "to‘liq va umumiy" o‘t ochishni to‘xtatishga erishilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sulh 24 soat ichida kuchga kiradi va tomonlarning joriy operatsiyalari tugagandan so‘ng 12 kunlik urushning rasman tugashi qayd etiladi.

Tramp Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishini e’lon qildi
"Eron o‘t ochishni to‘xtatishni boshlaydi, 12 soatdan keyin esa Isroil. 24 soatdan keyin butun dunyo urush rasman tugaganini nishonlaydi," deb aytgan Tramp o‘zining Truth Social platformasida.

Amerika yetakchisi ikki tomonning jasorati va sabr-toqatini yuqori baholab, erishilgan kelishuv "butun Yaqin Sharqni vayron qilishi" mumkin bo‘lgan keng ko‘lamli mojaroning oldini olganini ta’kidladi. Tramp, shuningdek, vositachilarga, xususan, Qatar amiri Tamim bin Hamad al-Taniga muzokaralarda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirdi, deb xabar berdi Eronning Press TV telekanali.

Sulhning e’lon qilinishi AQShning yaqinda Eronning Fordo, Natanz va Isfahondagi yadroviy obektlariga bergan aviazarbalari fonida yangradi. Bunga javoban Eron AQShning Qatardagi Al-Udeyd aviabazasiga raketa hujumi uyushtirdi va 22-iyun kungi aviazarbalardan keyin birinchi marta AQShga to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum qildi.

"Umid qilamanki, endi Eron "bug‘ chiqardi" va biz deeskalatsiyaga o‘tamiz," deb ta’kidlab o‘tdi Tramp va AQSHga har qanday takroriy hujum "ancha ko‘proq kuchga" duch kelishini ta’kidlab o‘tdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing